U muqaddam ushbu vazirlikda vazir o`rinbosari bo`lgan, keyinroq prezident maslahatchisiga aylangan, so`nggi vaqtlarda prezident administrasiyasidagi departament rahbari sifatida ishlayotgandi.
Odil Qalandarovich Abdurahmonov oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri etib tayinlanadi. Bu haqdagi ma`lumotni Kun.uz manbasi tasdiqlagan.
U yangi lavozimda Ibrohim Abdurahmonov o`rnini egallamoqda.
Odil Abdurahmonov 1978 yilda tug`ilgan, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.
U muqaddam prezident devoni (hozirgi prezident administrasiyasi)da bosh konsultant lavozimida, keyinroq devonning ijro apparati rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning o`rinbosari bo`lib ishlagan.
Keyinroq Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi rahbari bo`lgan. 2018 yil 31 iyulda oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlangan.