O`zbekistonning Italiyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlagandan so`ng, yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullaev Italiya poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda.
Abat Fayzullaev 2020–2023 yillarda O`zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi, Vengriyadagi o`rindoshlik lavozimini boshqargan.
Ayni paytda mamlakatning Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda BMTning Vena shahridagi tashkilotlari huzuridagi doimiy vakili bo`lgan.
Abat Fayzullaev Tashqi ishlar vazirligi va O`zbekistonning AQShdagi elchixonasida turli lavozimlarda, tashqi ishlar vaziri yordamchisi – kotibiyat rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Abat Fayzullaev 2018-2023 yillarda Rimda elchi bo`lib ishlagan Otabek Akbarov o`rnini egalladi.






