AsosiyJamiyat

Toshkent er usti metrosining bir nechta bekatlari 3 kunga yopiladi

'Toshkent er usti metrosining bir nechta bekatlari 3 kunga yopiladi'ning rasmi

Toshkent metropoliteni “Er usti halqa yo`li” yo`nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo`lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarida qurilish ishlarining so`ngi bosqichi amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni yo`nalishdagi mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o`zaro bog`lash maqsadida, joriy yilning 3-5 noyabr kunlari 3 kun muddatga, “Er usti halqa yo`li” yo`nalishining Tolariq (10-bekat), Xonobod (11-bekat) va Quruvchilar (12-bekat) bekatlarida poezdlar harakati to`xtatiladi.

Bu kunlarda “Er usti halqa yo`li” yo`nalishida poezdlar poezdlar harakati "Texnopark" (Do`stlik-2) — “Qiyot” (9-bekat) bekatlari oralig`ida tashkil etiladi.

Shuningdek, yo`lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qiyot” (9-bekat) - “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oralig`ida bepul xizmat ko`rsatuvchi qo`shimcha avtobuslar harakati yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar