Mosulning 200 nafar begunoh aholisi “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilarining qurboniga aylandi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.
Ularning orasida Iroqning sobiq xavfsizlik xizmati xodimlari ham bo`lgan. Jangarilar ularni ommaviy tarzda qatl qilib, otib tashlagan.
BMTning ma`lumot berishicha, 232 nafar odam qurbon bo`lgan, aslida ularning soni bundan ham ortiq bo`lishi mumkin.
Ayni vaqti jangarilar Mosul shahrida yashovchi 8 ming nafar tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanmoqda.





