AsosiyJamiyat

Toshkent metrosiga shubhali buyum tashlab ketildi

'Toshkent metrosiga shubhali buyum tashlab ketildi'ning rasmi

Joriy yilning 27 oktyabr sanasi soat 19:10 lar atrofida "Texnopark" bekatiga kirib kelgan 83-sonli harakat tarkibi metropoliten xodimlari tomonidan tekshirilganda, yo`lovchilardan birining shaxsiy buyumi qolib ketgani aniqlangan.  

Yo`lovchilar va harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida, belgilangan yo`riqnomaga asosan, ushbu poezd tekshiruv yo`lagiga yuborilgan. Buning natijasida esa yo`nalishdagi poezdlar belgilangan jadvaldan bir muddat kechikkan holda harakatlangan.

"Shu o`rinda yo`lovchilardan metro xizmatidan foydalanishda o`z shaxsiy buyumlariga e`tiborli bo`lishlarini yana bir bor eslatib o`tamiz. Bu metro poezdlari yo`nalishlarda belgilangan jadvalga asosan harakatlanishi uchun asosiy turtki bo`layotganini ma`lum qilamiz",  deyiladi "Toshkent metropoliteni" DUK.

    Boshqa yangiliklar