AsosiyJamiyat

Rasman! Jamoat transportida yo`l haqi 1 noyabrdan oshirilmoqda

'Rasman! Jamoat transportida yo`l haqi 1 noyabrdan oshirilmoqda'ning rasmi

Poytaxt jamoat transportida yangi, qo`shimcha va rag`batlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar qildi.

Unga ko`ra, bir yo`lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalarti orqali 2000 so`m, ATTO transport kartalari orqali to`lov uchun esa 1700 so`m etib belgilanmoqda.

Yo`lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo`l haqi uchun 700 so`m to`laydilar. Bir soat davomida yo`lovchilar avtobusdan  uchinchi va to`rtinchi marotaba ma`lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo`ladi.


 

 

    Boshqa yangiliklar