AsosiyJamiyat

Baxtiyor Ibragimov Avstriya TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

'Baxtiyor Ibragimov Avstriya TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi'ning rasmi

O`zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Baxtiyor Ibragimov Vena shahrida Avstriya Tashqi ishlar vazirligi protokol bo`limi boshlig`i o`rinbosari Bernxard Fostenxammerga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Suhbat chog`ida tomonlar o`zaro manfaatli sohalarda O`zbekiston-Avstriya hamkorligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Bernxard Faustenxammer Avstriya tomoni O`zbekiston bilan ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama asosda o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, Baxtiyor Ibragimov Venaga tayinlanishidan oldin Nyu-York shahrida O`zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017–2023 yillar) lavozimida ishlagan. U 57 yoshda. Toshkent xalq xo`jaligi institutini (hozir – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.

Yangi elchi 1992 yildan beri TIV tizimida ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O`zbekistonning AQSh va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko`rsatgan. U Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega.

    Boshqa yangiliklar