Falastin G`azo sektorida Isroilning o`qqa tutishi va bombardimon qilishlari natijasida qurbonlar soni ortganini e`lon qildi. Ularning soni sakkiz ming kishidan oshdi. Bu haqda arablarning Al Hadath telekanali Falastin sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Oxirgi 24 soat ichida qurbonlar soni, TASS xabariga ko`ra, 300 dan ortgan.
Ma`lumot uchun, 28 oktyabr oqshomida Isroil G`azo shimolida ID tanklarining olg`a siljib borayotgani tasvirini namoyish etdi. Isroil armiyasining tank kolonnasining oldinga siljishi, shuningdek, qurilish texnikasidan foydalangan holda himoya inshootlarini qurish lahzasi qo`lga olindi. Ma`lum qilinishicha, jangovar bo`linmalar G`azo sektorining shimoliy qismida juma kuni kechqurun ish boshlagan.






