Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona xo`jaliklari va meva-sabzavotlarni eksport qiluvchi korxonalarning faoliyatini qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori e`lon qilindi.
Unga ko`ra, ko`mirga o`kazilishi kerak bo`lgan issiqxonalarga 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz quyidagi talablarga qat`iy rioya etgan holda etkazib beriladi:
- tabiiy gaz hisoblagichlari tabiiy gaz nazorati va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan;
- tabiiy gazdan yuzaga kelgan debitor qarzdorligini so`ndirish hamda tabiiy gaz uchun belgilangan to`lovni oldindan to`lash;
- aholining gaz ta`minoti tizimida favqulodda holatlar yuzaga kelganda issiqxona xo`jaligida etarli miqdorda muqobil energiya zaxirasi mavjudligi.
Tarif esa yuridik shaxslar uchun o`rnatilgan tartibda bo`ladi (1500 so`m).
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi «Hududgazta`minot» AJ va Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda issiqxona xo`jaliklarining gaz nazorati va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanganini nazorat qiladi va ulanmagan issiqxona xo`jaliklari «Insofsiz iste`molchilar ro`yxati»ga kiritilgan holda ularga gaz etkazib berish bo`yicha shartnomlar bekor qilinadi.
2023/2024 yillar kuz-qish mavsumidan boshlab har yili «Hududgazta`minot» Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda issiqxona xo`jaliklari o`rtasida uch tomonlama kelishuvlar tuzish amaliyoti joriy etiladi. Kelishuvlarda har bir issiqxona xo`jaligining ehtiyojidan kelib chiqqan holda, unga etkazib beriladigan tabiiy gaz hajmlari aniq ko`rsatiladi.
Tabiiy gazdan ko`mir yoqilg`isiga o`tkaziladigan issiqxona xo`jaliklarini davlat tomonidan rag`batlantirish maqsadida 2023 yil 1 noyabridan issiqxona xo`jaliklarining ko`mir qozonini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi davlatbyudjetidan (Bog`dorchilik va issiqxona xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan) qoplab beriladi.
Tijorat banklari tomonidan issiqxona xo`jaliklariga quyidagi maqsadlar uchun kreditlar ajratiladi:
- ko`mir saqlash omborlarini qurish uchun – 3 yil muddatga 1 yillik imtiyoz davri bilan;
- yoqilg`i sotib olishga aylanma mablag` uchun 1 yil muddatga 6 oylik imtiyoz davri bilan.
Bundan tashqari, tijorat banklari kredit mablag`lari hisobidan issiqxona xo`jaligin






