Joriy yilning 30 oktyabr kuni 08:00 dan 31 oktyabr kuni soat 20:00 ga qadar Toshkentning ikki tumanida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Yunusobod tumanida:
— Yunusobod-2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18 va 19-dahalari;
— “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo`rg`on”, “Turkiston”, “Bobodehqon”, “Obod” mahallalari qisman;
— Moyqo`rg`on, Registon, Mirzaahmedova ko`chalari hamda ToshGRES mittitumanidagi xonadonlar.
Mirzo Ulug`bek hamda Yunusobod tumanlarida joylashgan ulgurji iste`molchilar:
— 1-sonli qozonxona;
— “Yunusobod metan”, “Edem” bolalar uyi, “Drim gaz”, “Xubit gaz”, “Laziz savdo”, “Aleks Ploya biznes”, “Delyuks trans servis”, “Nak Absolyut” avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalari (AGNKS);
— “Deutsche Kabel AG”, “Toshkent fayz agro”, “Macro” mas`uliyati cheklangan jamiyatlari;
— “New Medical Services” klinikasi;
— 19-daha ro`parasidagi maishiy xizmat majmuasi.
Shuningdek, Yunusobod tumanidagi qator manzillarda gaz bosimi pasayishi kutilmoqda, shu sababli, yurtdoshlarimizdan gaz uskunalariga e`tiborli bo`lib, ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini iltimos qilamiz.






