"O`zgidromet" joriy hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun kunduzi O`zbekiston hududining katta qismida oktyabr oyi uchun quruq va juda iliq bo`lgan ob-havo saqlanib turadi. Kunning o`rtasiga kelib, havo 27-30 darajagacha, janubda 32 darajagacha isiydi. Faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 17-22 daraja atrofida bo`ladi.
Ertaga O`zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Baland tog`larda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.
1 noyabrda respublika bo`yicha yog`ingarchilik to`xtaydi, va bunday quruq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. 1-2 noyabr kunlari kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqgacha pasayadi, kunduzi 1-2 noyabrda 17-22 daraja bo`ladi, 3 noyabrda harorat biroz ko`tariladi va 19-24 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda:bugun 30 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 27-29 daraja bo`ladi.
31 oktyabrda havo o`zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarda shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-19 darajagacha pasayadi.
1-2 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari 5-8 daraja iliq bo`ladi, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq atrofida bo`ladi.






