AsosiyDunyo

G`azoga 33 ta yuk mashinasidan iborat insonparvarlik yordami etkazildi

'G`azoga 33 ta yuk mashinasidan iborat  insonparvarlik yordami etkazildi'ning rasmi

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, kecha, 29 oktyabr kuni  Misr bilan chegaradagi Rafah chegara punktidan o`tgan 33 mashina G`azo sektori aholisiga oziq-ovqat, suv va dori-darmon olib kelgan. 21 oktyabr kuni etkazib berish qayta boshlanganidan beri Rafah orqali G`azoga jami 117 yuk mashinasi o`tdi.

Bu, BMTning ta`kidlashicha, juda oz. G`azo zudlik bilan oziq-ovqat, dori-darmon va kasalxonalar uchun yoqilg`iga juda muhtoj.

AFP agentligi, ismini oshkor etmagan AQSh vakiliga ko`ra, G`azoga va Misr tomonidan yuklarning o`tishini nazorat qilayotgan Isroil har kuni u erdan 100 yuk mashinasi gumanitar yordam olib o`tishga va`da bergan. Bu, G`azo sektori aholisining eng minimal ehtiyojlarini qondiradi.

    Boshqa yangiliklar