Davlat Soliq qo`mitasi ko`chmas mulk egalari va talabalar o`rtasida tuziladigan ijara shartnomalari haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra:
Ko`chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo`yish mumkin.
ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo`limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to`g`risida ma`lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma`lumotlari (F.I.O, ta`lim olayotgan o`quv yurti, fakulteti, ta`lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro`yxatga olingan manzili) avtomatik shakllantiriladi.
Keyingi jarayonda "Qo`shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.
So`ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.
“Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so`ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo`limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko`chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo`yiladi.
Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikasiya raqami kiritilganda uning ma`lumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.
Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo`yilganda ushbu ma`lumotlar Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to`lovining bir qismini qoplab berishda oliy o`quv yurtlariga qulaylik yaratadi.
️Eslatib o`tamiz, soliq to`lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan.






