O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 571-son qarori bilan Zoxid Shavkatovich Ermatov Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Shuxrat Tulanboevich Inoyatov Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.
Ulug`bek Mexmonovich Kandimov Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasi ijro etuvchi direktorining o`rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Karimov Jamshid Abduxamidovich O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari — yo`l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.
30.10.2023 18:06
Transport nazorati inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi






