AsosiyJamiyat

Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan samolyot Toshkentga qo`ndi

'Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan samolyot Toshkentga qo`ndi'ning rasmi

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasining Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan LH729 yo`lovchi reysi ikki yo`lovchining janjali tufayli Toshkent xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo`ngan. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ekipaj samolyot oldiga huquq tartibot organlari xodimlarini chaqirishni so`ragan.

Bortida 206 yo`lovchi bo`lgan Boeing 747-800 mahalliy vaqt bilan 17:32 da favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. Janjal ko`targan yo`lovchilar reysdan olib tashlandi.

Havo kemasi Toshkentdan belgilangan aeroportga soat 20:36 da uchib ketdi.

    Boshqa yangiliklar