Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023 y.) bilan ayrim qarorlarga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Unga ko`ra:
- 2024/2025 o`quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga ayol jinsidagi O`zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
- Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasi mablag`lari hisobidan Milliy gvardiya bo`linmalari va harbiy qismlarining ob`ektlariga quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich o`rnatiladi.






