Isroil quruqlik kuchlari G`azoga yaqinlashdi. Tanklar bilan mustahkamlangan piyoda askarlari shahar chekkasida razvedka reydlarini o`tkazmoqda.
Ma`lum qilinishicha, zirhli texnika anklav shimolini janub bilan bog`laydigan asosiy magistralni to`sib qo`ygan. Bu aholini evakuasiya qilish uchun mos keladigan yagona yo`l.
Isroil bosh vaziri XAMAS bilan urushning uchinchi bosqichi boshlanganini e`lon qildi. Vazirlar Kengashi yig`ilishida Benyamin Netanyaxu shunday tushuntirdi: "_Birinchi bosqich to`sish edi, ikkinchisi havo hujumlari edi va endi quruqlikdan oldinga siljish bosqichi keldi".
Ayni paytda Isroil armiyasi sektorning shimoliy qismida havo hujumlarini davom ettirmoqda. Janubda - Rafahda ham nishonlar urildi. Isroil avvalroq evakuasiya qilishni buyurgan shifoxonalar yaqinida portlashlar yangradi, ahvoli og`ir bo`lgan bemorlarning ko`pligi sababli shifokorlar buni rad etishdi. Minglab falastinliklar ham tibbiyot muassasalarida boshpana qilishmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Save the Children tashkiloti Isroilning quruqlikda boshlagan amaliyoti ko`proq o`lim, jarohatlar va azob-uqubatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi. Ayni paytda G`azoda atigi uch haftada qurbon bo`lgan bolalar soni so`nggi uch yilda qurolli mojarolarda o`lgan bolalar sonidan oshib ketdi.






