Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Bog`ot tumanidagi 2-IDUM o`qituvchisi o`quvchi bolani kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.
Aytilishicha, pedagog doimiy ravishda bolalarni shu tarzda urib keladi. MMTV holat sodir bo`lganini tasdiqlab, mas`ullar tomonidan o`rganilayotganini ma`lum qildi.
Videoda xorazmlik o`qituvchi bolaga “sen kimsan?” deya avval ko`ksiga, keyin orqasiga urganini, so`ng bir siltab yiqitganini ko`rish mumkin. Video yuborgan manbaga ko`ra, o`qituvchi doimiy ravishda bolalarni shu tarzda kaltaklab keladi.
Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova bilan bog`landi. Sobirova bu holat avval bo`lmaganini, haqiqatan ham 30 oktyabr sanasida sodir bo`lganini tasdiqladi.
Hozirda 2-IDUMdagi vaziyat Xorazm maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi tomonidan o`rganilmoqda. O`rganish yakuniga etgach batafsil ma`lumot berilishi ma`lum qilindi.






