AsosiyJamiyat

Noyabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi ma`lum bo`ldi

'Noyabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Oktyabr oyining oxirgi kunida yog`ib o`tgan yomg`ir va sovuqdan so`ng, noyabr quruq va ancha iliq ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.

Oyning birinchi besh kunligida O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o`rtacha tezlikkacha esadi. 

1 noyabrda kunduzi havo harorati +17...+19 daraja bo`ladi, 2-5 noyabr kunlariga +21...+24 darajagacha asta-sekin ko`tariladi. Faqat kechasi va ertalab +5...+10 daraja bo`lgan harorat bilan salqin bo`lishi kuzatiladi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, O`zgidrometning dastlabki baholashiga ko`ra, 2023 yil noyabr oyida respublika hududining katta qismida harorat kechalari +5...+10 darajadan 0...+5 darajagacha, kunduz kunlari +15...+20 darajadan +7...+12 darajacha o`zgarib turishi kutilmoqda. Sovuq havo davrlarida esa kechasi va ertalab -2...0 darajacha bo`lishi mumkin.

Respublika shimolida ancha past harorat fonida harorat kechalari +2...+7 darajadan +2...-7 darajacha, kunduz kunlari +10...+15 darajadan +7...+12 darajagacha o`zgarib turishi kutilmoqda.

Ushbu noyabr oyida yog`ingarchilik me`yor atrofida, ba`zi joylarda me`yordan ko`p bo`lishi kutilmoqda. Yog`ingarchilik asosan yomg`ir ko`rinishida yog`adi, sovuq davrlarda esa qorga aylanadi.

    Boshqa yangiliklar