AsosiyJamiyat

Bu yil 20 ta, 2024 yilda esa yana 38 ta kichik va mikro GES qurish reja qilingan -Prezident

'Bu yil 20 ta, 2024 yilda esa yana 38 ta kichik va mikro GES qurish reja qilingan -Prezident'ning rasmi

Yig`ilish davom etmoqda. Yig`ilishda prezident bu yil 20 ta, 2024 yilda esa yana 38 ta kichik va mikro GES qurish reja qilinganini ma`lum qildi. 

Shuningdek, bu borada Andijon viloyatida ishlar yaxshi boshlangani, lekin Farg`ona, Surxondaryo, Namangan, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida bu yilgi 15 ta kichik va mikro GESni qurish loyihasi kechikayotgani ko`rsatib o`tildi.

Mutasaddilarga qurilish ishlarini jadallashtirish, qo`shimcha zaxiralarni topishga ko`rsatma berildi.

Misol uchun, Norin daryosida kaskadlar qurib, 230 megavatt quvvatlarni ishga tushirish va Namangandagi 450 ming aholiga etarli elektr ishlab chiqarish imkoniyati bor.

"O`zbekgidroenergo"ga 6 ming megavatt quvvatlarni 
ishga tushirish bo`yicha besh yillik dastur ishlab chiqish va xususiy sheriklik asosida yirik xorijiy energetika kompaniyalarini jalb qilish topshirildi. 

Toldiqsoy, Mullalak, Qorong`i-to`g`ay, Yuqori Pskom va Norin yirik GESlarini qurish loyihalari doirasida esa texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqishni yakunlash va xorijiy investorlarni jalb qilish vazifasi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar