AsosiyJamiyat

Samarqandda BMTning cho`llanishga qarshi kurash bo`yicha konferensiyasi bo`lib o`tadi

'Samarqandda BMTning cho`llanishga qarshi kurash bo`yicha konferensiyasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yil 13-17 noyabr kunlari Samarqandda BMT Konvensiyasi (CRIC 21) ijrosini ko`rib chiqish qo`mitasining 21-sessiyasi bo`lib o`tadi.

Tadbir doirasida Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Shimoliy O`rtaer dengizi, Markaziy va Sharqiy Evropa uchun konvensiyani amalga oshirish bo`yicha ishtirokchi davlatlar o`rtasida maslahatlashuvlar o`tkaziladi.

CRIC 21 davomida tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho`llanishga qarshi kurash to`g`risidagi konvensiyasining (UNCCD) 2018–2030 yillarga mo`ljallangan Strategiya asoslarining strategik maqsadlariga muvofiq amalga oshirilishini va maqsadli tavsiyalar berish maqsadida uning borishini ko`rib chiqadilar. 

Shuningdek, konferensiyada erning degradasiyasiga betaraflik (LDN) maqsadlarini belgilash borasida ixtiyoriy sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha aniq tadbirlar va strategiya Global mexanizm va tegishli hamkorlar, shu jumladan, LDN jamg`armasi ko`magida qay tarzda amalga oshirilayotgani haqida ma`lumot beriladi.

Bundan tashqari, qurg`oqchilikni samarali boshqarish siyosati va uni amalga oshirish bo`yicha hukumatlararo ishchi guruhi CRIC 21 doirasida o`z taraqqiyot hisobotini taqdim etadi. Shuningdek, 7/COP15 qaroriga (I-ilova) muvofiq, 2018–2030 yillarga mo`ljallangan UNCCD Strategik asosini amalga oshirishni yanada takomillashtirish bo`yicha kelgusidagi harakatlarni belgilab olish va mustaqil baholashni ta`minlash maqsadida qo`shma maslahatlashuv o`tkaziladi.

Tomonlar so`rovlariga muvofiq sessiya Tomonlar va ularning hamkorlari o`rtasida interaktiv fikr almashishga yordam beradi.

Yuqori darajadagi tadbir O`zbekiston hukumati tomonidan CRIC 21 homiyligida tashkil etilmoqda.

Cho`llanishga qarshi kurash bo`yicha konvensiyasiga bag`ishlangan keng ko`lamli tadbirga sanoqli kunlar qoldi. Xo`sh, CRIC 21 nima degani? Ushbu voqelikning dunyo hamjamiyati uchun ahamiyatini qanday?

CRIC 21: 2023 yilning 13-17 noyabr kunlari “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazining kongresslar zalida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho`llanishga qarshi kurash to`g`risidagi konvensiyasi (UNCCD) ijrosini ko`rib chiqish qo`mitasining 21-sessiyasi bo`lib o`tadi.

UNCCD cho`llanish, erlarning degradasiyasiga qarshi kurashish va qurg`oqchilik oqibatlarini yumshatish uchun xalqaro darajadagi davlat hamda xususiy sektorning sa`y-harakatlarini birlashtirish uchun yaratilgan.

Konvensiyada Evropa Ittifoqi hamda 196 ta davlat ishtirokchi hisoblanadi. Konvensiya insoniyatni oziq-ovqat, suv, boshpana va iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta`minlash uchun er degradasiyasi oqibatlarini yumshatish va erni himoya qilish bo`yicha ko`p tomonlama majburiyatni o`z ichiga oladi.

Konvensiya 1994 yil 17 iyunda Parijda Rio-de-Janeyroda bo`lib o`tgan BMTning atrof-muhit va rivojlanish bo`yicha konferensiyasida qabul qilingan va 1996 yil 26 dekabrda kuchga kirgan. 2012 yilda Konvensiya 195 davlat tomonidan ratifikasiya qilingan

O`zbekiston Respublikasi Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinchi bo`lib 1995 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho`llanishga qarshi kurashish to`g`risidagi konvensiyasini ratifikasiya qildi.

    Boshqa yangiliklar