Yig`ilishda qozonxonalarni kapital va joriy ta`mirlash, issiqlik tarmoqlarini ta`mirlash holati ham ko`rib chiqildi.
Respublika bo`yicha reja 98 foizga bajarilgan bo`lsa-da, Andijon, Namangan va Surxondaryoda orqada qolayotgani ko`rsatib o`tildi.
Ikki hafta muddatda barcha kuch va vositalarni safarbar qilib, qozonxonalar va isitish tarmoqlarini ta`mirlash ishlarini yakunlashga topshiriq berildi.
Ijtimoiy soha muassasalarida ham eski va energiya sarfi yuqori bo`lgan qozonlarni yangilashni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Bu yilgi kuz-qish mavsumiga aholi va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun etarli hajmda ko`mir etkazib berish muhimligi ta`kidlanib, 10 noyabrga qadar ijtimoiy soha ob`ektlariga qo`shimcha 60 ming tonna ko`mir etkazib berish topshirildi.
Ayrim hududlarda aholiga ko`mir tarqatish tizimi to`g`ri yo`lga qo`yilmagani, oqibatda etkazib berilgan ko`mirni yuqori narxlarda noqonuniy sotib yuborish va talon-toroj qilish holatlariga yo`l qo`yilayotgani ko`rsatib o`tildi.
Bosh prokuraturaga tarqatilayotgan ko`mirning aholiga etib borishini nazorat qilish bo`yicha tizim yaratish topshirildi.
Yig`ilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
31.10.2023 19:25
Yig`ilishda qozonxonalarni kapital va joriy ta`mirlash, issiqlik tarmoqlarini ta`mirlash 98 foizga bajarilgani aytildi






