AsosiyDunyo

G`azo bolalar qabristoniga aylanmoqda - YuNICEF

'G`azo bolalar qabristoniga aylanmoqda - YuNICEF'ning rasmi

BMT Bolalar jamg`armasi Falastin anklavida bolalar o`limi soni ortib borayotganidan xavotirda.

Isroilning shiddatli o`qqa tutayotgan G`azo sektori bolalar qabristoniga aylanmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg`armasi (YuNISEF) matbuot kotibi Jeyms Elder ma`lum qildi.

U Falastin anklavidagi bolalar o`limidan xavotir bildirdi.

Elder zudlik bilan o`t ochishni to`xtatish va G`azoga gumanitar yordamni to`siqsiz etkazishga chaqirganini yana bir bor ta`kidladi.

"G`azo sektoridagi bolalar nafaqat bombardimonlardan, balki ularga kerakli tibbiy yordam ko`rsatilmaganidan ham o`lmoqda", - deya ta`kidladi UNICEF vakili.

 

Eslatib o`tamiz, 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi Al-Aqso to`foni operasiyasi boshlanganini e`lon qildi. G`azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Hamasning aytishicha, operasiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo`ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi G`azo sektorida Hamasga qarshi o`nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda “Temir qilichlar” operasiyasi boshlanganini e`lon qildi.

G`azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishlari va eksklavning to`liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8,5 mingdan ortiq falastinlik halok bo`ldi. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lgan falastinliklarning qariyb 70 foizi ayollar va bolalardir. Isroilda qurbonlar soni 1500 dan oshadi.

 

    Boshqa yangiliklar