AsosiyDunyo

“Hizbulloh” Isroilga qat`iy talab qo`ydi (video)

'“Hizbulloh” Isroilga qat`iy talab qo`ydi (video)'ning rasmi

“Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh 3 noyabr, juma kuni bayonot beradi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Unga ko`ra, ommaviy axborot vositalarining yozishicha, “Hizbulloh” juma kungi bayonotgacha Isroilga armiyani to`liq olib chiqib ketish va G`azo sektorini bombardimon qilishni yakunlashni talab qilgan. 

Bunga javoban Isroil Hamasdan keyin Hizbulloh bilan shug`ullanishini aytgan. Isroil harbiylari Livan janubidagi chegaradosh hududlarning minglab aholisi “Hizbulloh ularga qarshi urush boshlashidan” qo`rqib, u erdan qochib ketayotgani haqida xabar berdi.

7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga hujum qilganidan so`ng, Eron homiyligidagi Livandagi “Hizbulloh” guruhi Isroil bilan ikki marta jang qilgan bo`lsa-da, yirik bosqindan o`zini tiydi.

    Boshqa yangiliklar