AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2020 yildan buyon is gazidan zaharlanish oqibatida 421 nafar odam halok bo`ldi

'O`zbekistonda 2020 yildan buyon is gazidan zaharlanish oqibatida 421 nafar odam halok bo`ldi'ning rasmi

2020–2022 yillar va 2023 yilning 9 oyi davomida is gazidan zaharlanish bilan bog`liq 245 ta noxush holat yuz bergani oqibatida 200 nafar fuqaro jarohatlangan, 421 nafari halok bo`lgan va bu kabi fojialar  yildan-yilga ko`payib bormoqda. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi majlisida Senatorlar tomonidan  bunday holatlarga ushbu sohada hali ham qator tizimli muammo hamda kamchiliklar mavjudligi sabab bo`layotgani aytib o`tildi.

Xususan, yakka tartibdagi uy-joylar, ko`p qavatli uylarda o`rnatilgan gazda va qattiq yoqilg`i yoki neft mahsulotlarida ishlovchi aksariyat qurilmalarning dudburon va shamollatish kanallari soz holatda emas. Ular sifatli tozalanmagan va belgilangan muddatlarda texnik ko`rikdan o`tkazilmagan. Shuningdek, yangi qurilgan ko`p qavatli uylardagi dudburon va shamollatish kanallari amaldagi qurilish me`yorlariga zid ravishda o`rnatilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg`i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasining faoliyati kutilgan samaralarni bermayapti.

Turar joylardagi gaz plitalari, isitish qozonlari, dudburonlar va ventilasiya tizimini taftishdan o`tkazish va profilaktika xizmatlari ko`rsatishni tizimli tashkil etish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Biroq shu kunga qadar mazkur xizmatlarni ko`rsatish tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emas.

Oqibatda tegishli ishlar mutaxassis bo`lmagan xodimlar tomonidan sifatsiz va yuzaki bajarilmoqda. 

Shu bilan birga turar joylardagi gaz jihozlari, isitish qozonlari, dudburonlar va ventilasiya tizimini texnik taftishdan o`tkazish va profilaktika xizmatlari ko`rsatishni tizimli tashkil etishga oid qonunchilikda ham huquqiy bo`shliq mavjud.

Masalan, is gazi bilan bog`liq noxush holatlarning oldini olish borasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yaxlit normativ-huquqiy hujjat mavjud emas, bu borada vakolatli davlat organi aniq belgilanmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yildagi 64-sonli qarorida turar joylardagi dudburon va shamollatish kanallarining texnik holatini taftishdan o`tkazish, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish hamda bu sohada profilaktika xizmatlarini ko`rsatish Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklangan bo`lsada, mamlakatimizdagi 7,5 milliondan ortiq xonadonni to`liq qamrab olish va ushbu vazifani amalga oshirish uchun vazirlikning texnik imkoniyati yo`q. Bu soha bo`yicha mutaxassis xodimlar ham yo`qligi sababli huquqiy asosi bo`lmagan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatidan foydalanib kelinmoqda.

Gazda ishlovchi qurilmalarni o`rnatish va ta`mirlash uchun mutaxassislarga maxsus ruxsatnoma beruvchi tizim mavjud emas.

Yana bir muhim masala — bugungi kunda dudburon va shamollatish kanallarini tozalash, sinovdan o`tkazish va ularga texnik xizmat ko`rsatish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan 200 dan ortiq xo`jalik yurituvchi sub`ekt faoliyati ustidan ta`sirchan nazorat o`rnatilmagan, ularning xodimlari attestasiyadan o`tkazilmaydi. 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg`i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi faoliyati kutilgan samaralarni bermayapti.

Gazda ishlovchi qurilmalarni o`rnatish va ta`mirlash uchun mutaxassislarga maxsus ruxsatnoma beruvchi tizim mavjud emas. Amaldagi qonunchilikda xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan o`tkazilgan texnik ko`rikning sifati uchun javobgarlik masalasi belgilanmaganligi sababli ushbu sub`ektlar mutaxassislari tomonidan aholiga yolg`on ma`lumotlar berish, tamagirlik kabi qonunbuzarliklar sodir etilmoqda.

Bundan tashqari, majlisda is gazidan zaharlanish oqibatlarini hisobga olishning aniq tizimi haligacha yaratilmagani, turli tuzilmalar tomonidan baxtsiz hodisalar hisobini yuritishda jiddiy tafovutlar mavjudligi aytib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar