AsosiyJamiyat

O`zbekiston “Gazprom” bilan gaz ta`minoti hamda tashish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantiradi

'O`zbekiston “Gazprom” bilan gaz ta`minoti hamda tashish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantiradi'ning rasmi

"Gazprom” va O`zbekiston hukumati o`rtasida energetika sohasida hamkorlik bo`yicha strategik memorandum imzolandi. Buhaqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, “Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi – 2023” doirasida O`zbekiston Energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov va “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller o`rtasida ishchi uchrashuv bo`lib o`tdi.

Unda tomonlar hamkorlikning borishi hamda istiqbollarini ko`rib chiqdi. Xususan, 2023 yilning oktyabr oyida boshlangan Rossiya gazini Qozog`iston hududi orqali O`zbekistonga etkazib berish masalasi muhokama qilindi. O`zbekiston iste`molchilarini energiya bilan barqaror ta`minlashda “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari tizimi asosidagi maxsus ajratilgan yo`nalish alohida o`rin tutishi, bu, ayniqsa, kuz-qish mavsumida muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.

Uchrashuvda Jo`rabek Mirzamahmudov va Aleksey Miller energetika kompleksidagi hamkorlik bo`yicha strategik memorandumni imzoladi. Hujjatga ko`ra, tomonlar gaz ta`minoti hamda tashish sohasida, shuningdek, uglevodorodlarni geologiya-qidiruv va qazib olish yo`nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantiradi.

    Boshqa yangiliklar