Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga bordi.
Bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo`lib o`tadi. Tomonlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini ko`rib chiqadilar.






