Prezident Shavkat Mirziyoev 1 noyabr kuni Samarqand viloyatiga kelib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
Qur`oni karim oyatlari tilovat etildi. Allohdan yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz manfaati yo`lidagi sa`y-harakatlarga xayru baraka tilab duo qilindi.
Maqbara majmuasi hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari bo`lajak pardozlash namunalarini ko`zdan kechirdi.