O`zbekistonda 2023 yilning oktyabr oyida iste`mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o`rtacha 1 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, oktyabr oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`rtacha 1,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 1 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko`rsatish narxlari o`rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.
Iste`mol sektoridagi narxlarning yillik o`sish darajasi 9 foizga etgan. Yil boshidan buyon iste`mol sektoridagi narxlar indeksi o`rtacha 6,2 foizga o`sgan.






