"O`zbekiston temir yo`llari" AJ matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, bugundan barcha turdagi yo`lovchi tashish poezdlarining narxi oshdi.
Oshgan holatdagi narxlar quyidagicha belgilandi:
- mahalliy yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlari chipta narxlarining tarif qismi 44% ga;
- yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdlari chiptalari:
Toshkent — Buxoro — Toshkent
VIP 530 000 so`m
Biznes 385 000 so`m
Ekonom 280 000 so`m
Toshkent — Qarshi — Toshkent
VIP 455 000 so`m
Biznes 325 000 so`m
Ekonom 235 000 so`m
Toshkent — Samarqand — Toshkent
VIP 330 000 so`m
Biznes 230 000 so`m
Ekonom 170 000 so`m etib belgilandi.






