AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi o`zbekistonliklarni ogohlantirdi

'O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi o`zbekistonliklarni ogohlantirdi'ning rasmi

O`zbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatdagi o`zbekistonliklarni ogohlantirdi. 

Qayd etilishicha, elchixonaga kelib tushayotgan ma`lumotlarga qaraganda, mamlakatda bo`layotgan mojaroli voqealarga ijtimoiy tarmoqlarda noo`rin munosabatlar bildirilib, unda turli xildagi aksiyalarga chiqishga chaqiriqlar paydo bo`lmoqda.

Shuni eslatib o`tamizki, bo`layotgan vaziyatga har qanday fikr bildirish va uni muhokama qilish Isroil huquq-tartibot idoralari va maxsus xizmatlari tomonidan qattiq nazoratga olingan.

Yuqoridagilarni e`tiborga olib, barcha yurtdoshlarimizga turli yolg`on tashviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Elchixona konsullik bo`limi ishonch telefonlari:

03-672-2466

03-672-2371

03-758-5075

03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

972 54 485 1397

    Boshqa yangiliklar