AsosiyDunyo

Ukraina va Falastindagi voqealarga turlicha yondashuvlar qabul qilinishi mumkin emas - Turkiya

'Ukraina va Falastindagi voqealarga turlicha yondashuvlar qabul qilinishi mumkin emas - Turkiya'ning rasmi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan G`azo sektoridagi vaziyatga nisbatan ikki tomonlama standartlar siyosatini qo`llashga yo`l qo`yilmasligini ma`lum qildi.

Xususan, u Ukraina va Falastindagi voqealarga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligiga ishora qildi.

“Ukraina uchun alohida standartlar va Falastin uchun alohida standartlar bo`lishi mumkin emas. Agar biz adolatli dunyo istasak, doimo prinsipial va izchil harakat qilishimiz kerak”, dedi diplomat eronlik hamkasbi Husayn Amir Abdullohian bilan o`tkazilgan qo`shma matbuot anjumanida.

Unga ko`ra, Anqara G`azo sektoridagi voqealar mintaqa davlatlariga ta`sir qiladigan urushga aylanib ketishini istamaydi. "Biz barcha o`yinchilarni barqaror tinchlik uchun harakat qilishga chaqiramiz", dedi Turkiya diplomatiyasi rahbari.

Fidan Evropa Ittifoqi davlatlarini G`azo sektorida o`t ochishni to`xtatishni targ`ib qilishni istamaganliklari uchun tanqid qildi. Uning so`zlariga ko`ra, EI G`azodagi vaziyat bo`yicha jamoaviy pozisiyasi tufayli "sulh haqida eshitishni istamaydi".

Vazir, shuningdek, 500 ga yaqin xorijlik fuqaroning G`azodan chiqib ketishi bo`yicha kelishuvga erishilganini aytdi. “Hozirda muzokaralarimiz davom etmoqda, jumladan Turkiya fuqarolari bo`yicha. 

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiy, o`z navbatida, “sionistik rejim G`azoda ayollar, bolalar va tinch aholini o`ldirishda, genosid va urush jinoyatlarini sodir etishda davom etmoqda”, dedi.

Uning so`zlariga ko`ra, “agar urush to`xtatilmasa, mintaqadagi vaziyatning nazoratdan chiqib ketishi uchun javobgarlik AQSh, Isroil va harbiy jinoyatlarni qo`llab-quvvatlovchilar zimmasiga tushadi.

Eronlik vazir Turkiyaga G`azoliklarning deportasiyasiga qarshi sa`y-harakatlarni qo`llab-quvvatlagani va Falastin anklaviga insonparvarlik yordami etkazilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar