2023-2024 o`quv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumta`lim maktabida o`quvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.
Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11 sinf o`quvchilari o`rtasida 2023-2024 o`quv yilining I chorak yakuni bo`yicha choraklik summativ baholash (ChSB) jarayonlari bo`lib o`tmoqda.
Unda o`quvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan ChSB sinovlarini topshirishmoqda.
️Sinov materiallari o`zbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etilgan.