AsosiyJamiyat

Toshkentdagi tartibga solinmagan piyodalar o`tish joylariga chaqiruv tugmali svetoforlar o`rnatiladi

'Toshkentdagi tartibga solinmagan piyodalar o`tish joylariga chaqiruv tugmali svetoforlar o`rnatiladi'ning rasmi

2023 yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi jami 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyiga chaqiruv tugmali svetoforlar o`rnatiladi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.

Unga ko`ra, svetoforlar 21 oktyabrdan boshlangan Toshkent shahrida piyodalar uchun xavfsiz yo`l infratuzilmasini yaratish bo`yicha “Zarbdor ikki oylik” tadbiri doirasida o`rnatiladi.

Tadbir davomida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va kunlik tahlilini yuritish maqsadida,  Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati huzurida “Tezkor shtab” faoliyati yo`lga qo`yildi.

Shuningdek, Toshkent shahrining har bir tumanida alohida 12 ta mobil brigada tashkil qilinib, jami 146 nafar xodim va ishchi-xizmatchilar jalb etilgan. 

Tadbir boshidan 31 oktyabr kuniga qadar 10644  nafar qoidabuzar piyoda aniqlandi, ularga nisbatan tegishli tartibda choralar ko`rilgan. 

1 422 nafar haydovchiga nisbatan esa piyodalarga yo`l bermagani uchun ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
 

    Boshqa yangiliklar