G`azo Sog`liqni saqlash vazirligi bergan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Isroilning harbiy harakatlari oqibatida 8,7 mingdan ortiq falastinlik halok bo`ldi, 22 mingdan ortiq kishi yaralandi
“G`azo sektorida qurbon bo`lganlarning qariyb 73 foizi bolalar, qariyalar va ayollardir”, — deyiladi Sog`liqni saqlash vazirligi bayonotida.
Uning so`zlariga ko`ra, so`nggi 24 soat ichida Isroil harbiy-havo kuchlari G`azo sektoridagi tibbiyot muassasalari yaqiniga uch marta zarbalar bergan, natijada tibbiyot markazlaridan birining ishi to`xtab qolgan, yana ikkitasida vayron bo`lgan. Hozirda G`azo sektoridagi mavjud shifoxonalarning atigi uchdan bir qismi ishlamoqda, 35 tadan 16 tasi, 72 ta klinikaning 50 dan ortig`i ham bombardimon paytida vayron bo`lganligi sababli ishlamay qolgan.
Falastin Sog`liqni saqlash vazirligining statistik ma`lumotlariga ko`ra, bu vaqt ichida 132 shifokor halok bo`lgan, 110 nafari jarohatlangan, 50 dan ortiq tez yordam mashinasiga hujum qilingan, ulardan 28 tasi ishdan chiqqan. G`azo kasalxonalaridagi dori-darmonlar va elektr generatorlari ishlashi uchun yoqilg`i bilan ta`minlash bilan bog`liq vaziyat shunchalik qiyinki, shifokorlar bomba portlashi natijasida yaralanganlarni, shuningdek, homilador ayollarni narkozlarsiz operasiya qilishmoqda.






