Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko`rish uchun o`qishga tavsiya etilgan darsliklar va o`quv adabiyotlari ro`yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e`lon qilindi.
O`qishga tavsiya etilgan darsliklar ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o`quv adabiyotlar ro`yxati asosida shakllantirilgan.
Darsliklar 2023-2024-o`quv yilida umumta`lim maktablari hamda akademik liseylarni bitiruvchi o`quvchilar va boshqa abiturientlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko`rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.






