AsosiyJamiyat

“Besh tashabbus olimpiadasi” musboqalari Buxoroda start oldi (video)

'“Besh tashabbus olimpiadasi” musboqalari Buxoroda start oldi (video)'ning rasmi

3 noyabr kuni Buxoro davlat universiteti sport o`yingohida "5 tashabbus olimpiadasi" musobaqasining rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Hududlar sharafini final bosqichida himoya qiladigan jamoalar bir nuqtaga jamlandi.

Tadbirda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi mutasaddilari va Buxoro davlat universiteti rektori respublika bosqichiga etib kelgan barcha OTM jamoalarini  muborakbod etib, ularga omad tiladilar.

Olimpiada doirasida Buxoro davlat universitetiga jami 576 nafar qatnashchi kutib olindi. Ulardan 30 nafari hakam, 14 nafari jamoa rahbari, 42 nafari murabbiy va 490 nafari talaba-yoshlardir.

Musobaqa 3–4 noyabr kunlari sportning voleybol, mini-futbol, engil atletika, stritbol va stol tennisi turlari bo`yicha o`tkaziladi. Taqdirlash marosimi esa 5 noyabr kuniga rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar