AsosiyDunyo

"Birligimizni mustahkamlashda til juda muhim" Erdo`g`an turkiy davlatlar uchun yagona alifbo joriy etishni taklif qildi

'"Birligimizni mustahkamlashda til juda muhim" Erdo`g`an turkiy davlatlar uchun yagona alifbo joriy etishni taklif qildi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on turkiy davlatlar uchun yagona alifbo yaratishni taklif qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.

Bu haqda Turkiya rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining Ostonadagi sammitidagi nutqi chog`ida aytib o`tdi.

"Tilimiz, madaniyatimiz va tariximiz asosida insoniy munosabatlarimizni mustahkamlash uchun oliy ta`lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa`y-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz. Albatta, birligimizni mustahkamlashda til juda muhim. Yagona alifbo ham muhim tarkibiy qism bo`lib, bunda prezidentlarning qo`llab-quvvatlashi muhim. "Oliy ta`lim kengashi tashkilotimiz kotibiyatiga taqdim etgan taklif, ishonchim komilki, tashkilotimiz tomonidan ko`rib chiqiladi", dedi Erdo`g`an.

    Boshqa yangiliklar