Samarqand shahrida o`tkazilgan O`zbekiston–Fransiya biznes forumida O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri A. Inoyatov Fransiyaning “Airbus Helicopters” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokara davomida Respublika tez tibbiy yordam tizimi uchun 10 ta “Airbus N-145” rusumli tibbiy vertolyotlarni xarid qilish hamda mamlakatimizda Evropa standartlariga mos tibbiy aviasiya xizmatini tashkil etish, bu sohaning moddiy-texnika bazasini yaratish hamda mutaxassislar tayyorlash, tog`li va chekka hududlarda tibbiy aviasiya xizmatini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish istiqbollarini muhokama qilingan.






