Isroil armiyasi blokada ostidagi G`azo sektorida minglab bemorlar va tinch aholi joylashgan Shifa kasalxonasi majmuasining kirish qismiga hujum qildi.
Olingan ma`lumotlarga ko`ra, Isroil armiyasining Shifa kasalxonasi majmuasining kirish qismini o`qqa tutishi natijasida hujum natijasida 13 kishi halok bo`lgan, 26 kishi yaralangan.
Isroilning shifoxona eshigiga uyushtirgan hujumi yaradorlarni davolash uchun Misrga olib ketayotgan tez yordam mashinalari karvonining yo`lga chiqish arafasida sodir bo`lgan. Hujum yaradorlarni olib ketayotgan tez yordam mashinalariga jiddiy zarar etkazgan.
JSST bosh direktori G`azoda tez yordam mashinalariga qilingan hujumdan "hayratda" ekanini aytdi. Bu haqda u Tvitter ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida yozgan.
“G`azodagi Al-Shifa kasalxonasi yaqinida bemorlarni evakuasiya qilayotgan tez yordam mashinalariga qilingan hujumlar haqidagi xabarlardan butunlay hayratda qoldim. Bu o`lim, jarohatlar va halokatga olib keldi. Biz takror aytamiz: bemorlar, tibbiyot xodimlari, tibbiy muassasalar va tez yordam mashinalari har doim himoyalangan bo`lishi kerak. Har doim. Endi o`t ochishni to`xtating”, — deydi JSST rahbari.





