AsosiyJamiyat

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi 10 ta Airbus vertolyotini sotib olishi mumkin

'O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi 10 ta Airbus vertolyotini sotib olishi mumkin'ning rasmi

Samarqand shahrida o`tkazilgan O`zbekiston—Fransiya biznes forumi doirasida sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hamda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Fransiyaning Boehringer Ingelheim kompaniyasi raisi Kristian Vijsen bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Boehringer Ingelheim biologik va onkologik preparatlarni shartnoma asosida ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo`yicha xizmatlar ko`rsatuvchi kompaniyalarning etakchi yigirmataligiga kiradi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida respirator, yurak-qon tomir va onkologik xastaliklar, OIV, tromboemboliyalar, serebrovaskulyar kasallik, qandli diabet, gepatit hamda Parkinsonni davolashga mo`ljallangan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mazkur kompaniya rahbariyati bilan mahalliylashtirish imkoniyatlarini chuqur o`rganishga kelishib olingan.

Shuningdek, Amrillo Inoyatov Fransiyaning Airbus Helicopters kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashgan.

Muzokara davomida Respublika tez tibbiy yordam tizimi uchun 10 ta Airbus N-145 rusumli tibbiy vertolyotlarni xarid qilish hamda mamlakatda Evropa standartlariga mos tibbiy aviasiya xizmatini tashkil etish, bu sohaning moddiy-texnika bazasini yaratish hamda mutaxassislar tayyorlash, tog`li va chekka hududlarda tibbiy aviasiya xizmatini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish istiqbollarini muhokama qilgan.

    Boshqa yangiliklar