AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik qilichboz qiz jahon Kubogi bosqichida chempion bo`ldi

'O`zbekistonlik qilichboz qiz jahon Kubogi bosqichida chempion bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonlik qilichboz qiz Murzataeva Dilnaz jahon Kubogi bosqichida oltin medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda Qilichbozlik Federasiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

2023 yil 1-6 noyabr kunlari San-Salvadorning El-Salvador shahrida qilichbozlik bo`yicha o`smirlar o`rtasida Jahon kubogi bosqichi bo`lib o`tmoqda.

Ushbu bosqichda O`zbekiston terma jamoasi a`zosi

Murzataeva Dilnaz eng yaxshi natijani ko`rsatib, barcha raqiblarini mag`lub etib, oltin medalni qo`lga kiritdi va shohsupaning birinchi pog`onasidan joy oldi.

Yarim final bahsida Dilnaz hamyurtimiz Bibimaryam Saparovaga qarshi kechgan bahsda 15:14 hisobida zafar quchdi.

Finalda Murzataeva puerto-rikolik sportchi Woller Del Valle Alanis C’ni yirik hisobda mag`lub etdi. Hisob -15:7.

Shuningdek, JKning ushbu bosqichida qilichboz Bibimaryam Saparova uchinchi o`rinni egallab, musobaqaning bronza medalini qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar