Xalqaro aeroportni Bobur ko`chasi bilan bog`lovchi ko`prik 4 noyabr soat 19:00 dan 5 noyabr soat 09:00 ga qadar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda "Uzbekistan airways" xabar berdi.
Reyslarga kechikmaslik uchun yo`lovchilarga aylanma yo`llardan foydalanish va aeroportga odatdagidan oldinroq jo`nab ketish tavsiya etiladi, deyiladi xabarda.
04.11.2023 19:07
Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko`prik vaqtincha yopildi






