Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnoselskiy tumanida 13 yoshli o`zbekistonlik qiz 23 yoshli hamyurti tomonidan zo`rlandi, deya xabar qilmoqda “Fontanka” nashri.
Qayd etilishicha, 2023 yilning iyul oyida shaharning Janubiy Primorskiy bog`i yaqinida 13 yoshli qizga tanish yigit uni zo`rlagan. Dastlab qiz bo`lgan voqea haqida hech kimga aytmagan. Ammo keyinchalik qizning 3 oylik homilador ekani oshkor bo`lgach, ota-onasi uni shifokor ko`rigiga olib borgan.
U erda qiz o`ziga tanish yigit uning nomusini toptagani haqida aytib bergan. Unga ko`ra, mazkur voqea qizning oilasi yashaydigan Marshal Zaxarov ko`chasidagi uy yaqinida sodir bo`lgani aniqlangan.
Qizning otasi holat bo`yicha polisiyaga xabar berganidan so`ng, gumonlanuvchi yigit Moskvaning Pskovskaya ko`chasida ushlangan.






