Bugun, 31 oktyabr kuni rossiyalik taniqli aktyor Vladimir Zeldin 102 yoshda vafot etdi. Bu haqda “ RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aktyor shifoxonada, soat 9:00 da vafot etgan. Zeldin bundan bir necha hafta avval Moskvadagi klinikalardan biriga yotqizilgan edi.
Aktyorning rafiqasi Ivetta Zeldinaning aytishicha, uning turmush o`rtog`i dastlab harbiy gospitalda davolangan, keyinchalik boshqa shifoxonaga yotqizilgan.
Vladimir Mixaylovich Zeldin 2016 yilning fevral oyida 101 yoshga to`lgan edi. U keksa bo`lishiga qaramasdan Rossiya armiyasining markaziy akademik teatri sahnasida rol ijro etardi.
Aktyor “Karnaval tuni”, “Aslzoda malika”, “31 iyun”, “O`nta negr bolasi” kabi filmlarda rollar ijro etgan.





