AsosiyJamiyat

O`zbekistonga so`nggi 10 oyda qancha elektromobil import qilingani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonga so`nggi 10 oyda qancha elektromobil import qilingani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonga yanvar-oktyabr oylarida xorijning 19 ta davlatidan 22 492 ta elektromobil olib kelingan. Bu haqda Bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, olib kelingan elektromobillarning umumiy qiymati 582,3 million dollarni tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan import hajmi 6 barobardan yuqori o`sgan.
Xitoy eng ko`p elektromobil import qilingan mamlakat sifatida etakchilikni saqlab qolmoqda. O`tgan 10 oyda ushbu mamlakatdan jami 20 642 dona (91,foiz) elektromobil olib kelingan.

Shuningdek, Gongkongdan 1258 dona, Birlashgan Arab Amirliklaridan 147 dona elektromobil import qilingan. Kuchli beshlikka Janubiy Koreya, AQSh yakun yasamoqda, mazkur davatlardan mos ravishda 136 hamda 134 dona elektromobil olib kelingan.

    Boshqa yangiliklar