O`rmon xo`jaligi agentligi direktoriga yangi o`rinbosar tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan G`olib Karimovich Qurbonov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi huzuridagi O`rmon xo`jaligi agentligi direktorining o`rinbosari etib tayinlangan.






