AsosiyJamiyat

Joriy yilda qariyb 50 nafar jurnalist o`ldirilganligi aytildi

'Joriy yilda qariyb 50 nafar jurnalist o`ldirilganligi aytildi'ning rasmi

2023 yilda kamida 46 jurnalist o`ldirilgan. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Volker Turk jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuniga bag`ishlangan bayonotida ma`lum qildi.

YuNESKO ma`lumotlariga ko`ra, jurnalistlarga qarshi jinoyatlarning 86 foizi jazosiz qolmoqda. Xususan, o`tgan yili 363 nafar jurnalist qamoqqa olingan, bu 2021 yilga nisbatan 20 foizga ko`p.

“Tuhmat, kibertuhmat, terrorizmga qarshi kurash, kiberxavfsizlik va “soxta” deb atalmish qonunlar asosida jurnalistlarga qarshi da`volar ko`payib bormoqda. Ayniqsa, ayol jurnalistlar toqat qilib bo`lmas darajada onlayn tazyiqlardan aziyat chekmoqda, bu real hayotda ham hujumlarga olib keladi”,– deyiladi bayonotda.

Volker Turkga ko`ra, jurnalistlar va boshqa ommaviy axborot vositalari xodimlariga qilingan hujumlar uchun jazosizlik darajasini qabul qilinishi mumkin emas. So`nggi o`n yillikda xalqaro hamjamiyat bu masalaga e`tiborini kuchaytirdi.  Hisobotlar e`lon qilindi, qarorlar qabul qilindi. 

“Ammo so`z va harakatlar o`rtasidagi farq juda katta.  Jurnalistlar xavf ostida qolmoqda. Davlatlar jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari erkinligiga qarshi huquqbuzarliklar ustidan monitoringni kuchaytirishi, xalqaro inson huquqlari qonunchiligiga muvofiq, ommaviy axborot vositalari erkinligini himoya qiluvchi qonunlar qabul qilinishi kerak”, – deydi Turk.

    Boshqa yangiliklar