O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etgan.
Respublikamizning doimiy aholisi soni o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi 2023 yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko`paygan.
O`zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o`rtacha 63,9 ming kishiga oshgan.
2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o`rtacha 2,1 ming kishiga ko`paymoqda.
AYoLLAR SONI – 18 176 873 kishi
️ERKAKLAR SONI – 18 422 891 kishi
2023 yilning 1 oktyabr holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 246 018 nafarga ko`p.





