Bir necha yuz kishi 4 noyabr, shanba kuni kechqurun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Quddusdagi qarorgohi atrofidagi polisiya to`siqlarini buzib o`tishga urindi.
Polisiya siyosatchining iste`fosini talab qilgan namoyishchilarni jilovlashga muvaffaq bo`lgan.
Namoyishchilar Isroil milliy bayroqlarini silkitib, "Qamoqqa!" deya hayqirishgan. Minglab odamlar HAMAS harakati tomonidan o`g`irlab ketilgan garovga olinganlarni ozod qilish uchun namoyish o`tkazdi.
Isroil bosh vaziri bir kun avval AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda G`azo sektorida vaqtinchalik o`t ochishni to`xtatish taklifini rad etdi. Isroil hukumati rahbarining aytishicha, barcha garovga olinganlar ozod etilmaguncha jangovar harakatlar to`xtatilishi mumkin emas.
Netanyaxu Hamasning yirik hujumidan oldin ham kuchli siyosiy bosim ostida edi. Yanvar oyidan boshlab, o`n minglab odamlar Netanyaxu hukumatining munozarali sud islohotlariga qarshi haftada bir necha oylar davomida ko`chalarga chiqdi. Bu islohot sud va Oliy sud vakolatlarini cheklash hamda parlament va bosh vazir pozisiyalarini mustahkamlashga qaratilgan.






